價格:免費
更新日期:2017-11-06
檔案大小:3.6M
版本需求:Android 4.0 以上版本
官方網站:http://webspektr.uz
Email:gerproflas@gmail.com
聯絡地址:隱私權政策
Muhammad Yusuf 1954 - yilning 26 - aprelida dunyoga kelgan. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978—80), "Toshkent oqshomi" gazetasida (1980—86), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986—95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—97 yillar "Tafakkur" jurnalida boʻlim mudiri, 1997—2001 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari. II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari "Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati" haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — "Tanish teraklar" (1985). "Bulbulga bir gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz", "Halima enam allalari" (1989), "Ishq kemasi" (1990), "Koʻnglimda bir yor" (1991), "Bevafo koʻp ekan", "Yolgʻonchi yor" (1993), "Erka kiyik" (1995) va "Osmonimga olib ketaman" (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda M.Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish M.Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir.
Samimiy she`rlari ohangrabo qo`shiqlarga aylanib, har bir o`zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir Muhammad Yusuf XXI asr o`zbek adabiyotida so`nmas yulduz bo`lib har bir dillarda porlaydi.
Shoir o`z ona vataniga, tabiatga va insoniyatga bo`lgan iliq hissini o`zining yuraklarni larzaga soluvchi,garchand sodda tilda yozilgan bo`lsa-da odamni chuqur o`yga chorlovchi she`rlari bilan o`quvchi qalbida o`chmas iz qoldirgan.
Tags: Muhammad Yusuf, Muhammad, muhammad yusuf sherlari, o`zbek sheriyati, sheriyat, sheriyat gulshani, shoirlar, sherlar, sevgi sherlari, ta`sirli sherlar, biz baxtli bo`lamiz, vatanim, saylanma sherlar.